Numan Kurtulmush Kubada vitse-prezident Salvador Mesa bilan uchrashdi

Devrim saroyida bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, global va mintaqaviy mavzular haqida fikr almashildi.

2137885
Numan Kurtulmush Kubada vitse-prezident Salvador Mesa bilan uchrashdi

 

Turkiya parlamenti raisi Numan Kurtulmush Kuba poytaxti Gavanada vitse-prezident Salvador Valdes Mesa va Bosh vazir Manuel Marrero Kruz bilan uchrashdi.

Devrim saroyida bo'lib o'tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, global va mintaqaviy mavzular haqida fikr almashildi.

Turkiya gumanitar tashqi siyosat tushunchalari asosida barcha mintaqalar bilan aloqalarni rivojlantirishga ahamiyat berishini aytgan Numan Kurtulmush, Kuba bilan ham har sohada aloqalarni rivojlantirish istagida ekanini bildirdi.

Uchrashuvda Isroilning G'azoda sodir etayotgan hujumlari ham muhokama qilindi.

Numan Kurtulmush Kuba xalqining Falastinni qo'llab-quvvatlash yo'lidagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadi.

U shuningdek, mamlakatlarning suveren tengligini himoya qiladigan yangi, adolatli dunyo tizimini barpo etish uchun birgalikda harakat qilishning ahamiyatiga e'tibor qaratdi. 

Numan Kurtulmush kunning ikkinchi yarmida Kuba Bosh vaziri Manuel Marrero Kruz bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turk shirkatlarining Kubaga investitsiya kiritishga bo'lgan qiziqishi va Kubada faoliyatlarini kengaytirish yo'lidagi sa'y-harakatlariga e'tibor qaratildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kuba , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar