Turkiya Gʻazoga eng koʻp insonparvarlik yordami yuborgan davlatga aylandi

Oʻnju Kecheli, Turkiyaning Gʻazoga eng koʻp insonparvarlik yordami yuborgan davlat ekanini qayd etdi.

2137396
Turkiya Gʻazoga eng koʻp insonparvarlik yordami yuborgan davlatga aylandi

Turkiya Gʻazoga 52 ming tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yubordi.

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati vakili Oʻnju Kecheli mavzu haqida, X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lumot boʻlishdi. Unda Turkiyaning Gʻazoga eng koʻp insonparvarlik yordami yuborgan davlat ekanini qayd etdi.

“Gʻazoga yetib borgan insonparvarlik yordamining 30 foizini Turkiya yubordi. U yerdagi falastinliklarga eng koʻp yordam bergan davlatdir”, - degan Kecheli, 1908 tonnalik insonparvarlik yordamini tashigan yana bir kemaning Mersin portidan yoʻlga chiqqanini ifoda etdi.

Kecheli, “5066 tonnalik insonparvarlik yordamini tashigan boshqa kemamiz esa Misrning al – Arish portiga bordi. Bugungacha 52 ming tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yubordik”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gʻazo , #insonparvarlik yordami

Aloqador xabarlar