Ali Asadov Prezident Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi

Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov amaliy tashrif bilan Turkiyada.

2137155
Ali Asadov Prezident Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi

Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi.

Prezidentlik kulliyasidagi qabul, matbuotga yopiq tarzda o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz:

Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov rasmiy tashrif bilan poytaxt Anqaraga bugun keldi.

Ali Asadov ushbu tashrifi chogʻida eng avvalo Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz bilan uchrashdi.

Unda, ikki davlat oʻrtasidagi mavjud munosabatlar va hamkorlik imkoniyatlari baholandi.

Oʻzaro va hay’atlararo uchrashuvlar ortidan Jevdet Yilmaz bilan Asadov, Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasida 11 - Davlat Qoʻshma iqtisodiy komissiya protokolini imzoladi, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Jevdet Yilmaz, Turkiya bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmining 7,5 milliard dollarga yetganini bildirdi.

“Ozarbayjonning eng muhim savdo sheriklaridan biri boʻlganimizdan xursandmiz”, - degan Yilmaz, maqsadning 15 milliard dollarlik savdo hajmi ekanini oʻz soʻziga ilova etdi.

Yilmaz bilan Asadov, Turkiya Savdo palatalari va birjalari ittifoqining (TOBB) qoʻshaloq minorasida boʻlib oʻtuvchi Turkiya - Ozarbayjon biznes forumida ham ishtirok etadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar