Erdo‘g‘an Iroqning PKKni «terror tashkiloti» deb e’lon qilishini kutayotganliklarini bildirdi

Prezident Erdo‘g‘an, vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

2136296
Erdo‘g‘an Iroqning PKKni «terror tashkiloti» deb e’lon qilishini kutayotganliklarini bildirdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Iroqning PKKni «terror tashkiloti» deb e’lon qilishini kutayotganliklarini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.

O‘n uch yillik tanaffusdan so‘ng o‘tgan oyda o‘z hay’ati bilan birga Iroqqa tashrif uyushtirgani va mazkur tashrifning olingan natijalari jihatidan tarixiy ahamiyati bor ekanini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

Iroq hukumatining PKKni, «man etilgan tashkilot» deb e’lon qilishi muhim qadamlardan biri ekanini ifoda etdi va bu borada:

“PKKning terror tashkiloti deb e’lon qilinishini kutayotganimizni ham yetkazdik. Hech qaysi davlat bunday xavfni ko‘rmaslikka ola olmaydı. Keyingi jarayonda terror tashkiloti yo‘lini to‘samiz. Kerakli har qanday chorani ko‘rishdan tortinmaymiz”. – deya gapirdi.

Terrorga qarshi kurashda qarorli ekanliklariga ham e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an:

“Suriyada ittifoqchilarimiz tomonidan berilgan va’dalarning bajarilmagani bois yarim qolgan ishimizni vaqti soati kelganida albatta tamomlaymiz. Iroq va Suriyada amalga oshirgan amaliyotlarimiz natijasida harakati cheklangan terror tashkiloti yo‘lini kelasi jarayonda to‘samiz”, - dedi.

 

 



Aloqador xabarlar