Prezident Erdo’g’an, biz geografiyamizda to’qnashuv, qon va ko’z yoshlar ko’rishni istamaymiz dedi

Prezident Erdog’an Mustaqil Sanoatchi va Ishbilarmonlar Uyushmasi (MUSIAD) boshqaruv kengashini Istanbuldagi Dolmabahche ish ofisida qabul qildi.

2135340
Prezident Erdo’g’an, biz geografiyamizda to’qnashuv, qon va ko’z yoshlar ko’rishni istamaymiz dedi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Biz geografiyamizda to’qnashuv, qon va ko’z yoshlar ko’rishni istamaymiz” dedi.

Prezident Erdog’an Mustaqil Sanoatchi va Ishbilarmonlar Uyushmasi (MUSIAD) boshqaruv kengashini Istanbuldagi Dolmabahche ish ofisida qabul qildi.

Isroilning G'azoga uyushtirgan hujumlariga to'xtalgan Erdo'g'an, Turkiyaning G'azoga yuborilgan 50 ming tonnaga yaqin gumanitar yordam materiallari bilan dunyoda birinchi o'rinda ekanini aytdi.

Ular Isroilni o't ochishni to'xtatishga majbur qilish va u orqali o'tishga ruxsat beruvchi gumanitar yordam miqdorini oshirish uchun ba'zi tijorat choralarini ko'rdilar.

Isroil bilan eksport va import operatsiyalarini to'xtatganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an:

“Bilishingizni istardimki, biz mintaqamizdagi hech bir davlat bilan dushmanlik yoki ziddiyatga intilmayapmiz.

Har fursatda aytganimdek, geografiyamizda ziddiyat, qon va ko'z yoshlar ko'rishni istamaymiz.

Bu yerda birgina maqsadimiz bor, u ham G‘arbning shartsiz harbiy va diplomatik yordami bilan nazoratdan chiqib ketgan urushning oldini olishdir.

(Isroil Bosh vaziri Benyamin) Netanyaxu ma'muriyatini o't ochishni to'xtatishga majbur qiladi. Agar sulh e’lon qilinsa va yetarli miqdorda insonparvarlik yordami G‘azoga kirishiga ruxsat berilsa, maqsadga erishiladi. Turkiyaning bu harakati mavjud vaziyatdan bezovta boʻlgan boshqa davlatlarga oʻrnak boʻladi” dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yordam , #G'azo , #MUSIAD , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar