Hakan Fidan, Gambiyada bo’lib o’tadigan Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, 4-5 may kunlari Gambiya poytaxti Banjulda bo’lib o’tadigan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) 15-Islom sammitida ishtirok etadi.

2135311

Sammitdan maqsad Isroilning G'azoga hujumlarini zudlik bilan to'xtatish va doimiy yechim yo'lida aniq qadamlar haqida qaror qabul qilishdir.

Sammit doirasida Vazir Fidan ham ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi. Muzokaralarda asosiy mavzu G'azodagi so'nggi vaziyat bo'ladi.

Ikki tomonlama uchrashuvlarda Afrika davlatlari bilan iqtisodiyot, energetika, xavfsizlik va atrof-muhit sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Aloqador xabarlar