Turkiyada terrorizmga qarshi kurash strategiyasi kuchaytirildi

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler ma'lum qildi.

2134976
Turkiyada terrorizmga qarshi kurash strategiyasi kuchaytirildi

 

Turkiyada terrorizmga qarshi kurash strategiyasi kuchaytirildi. Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Guler ma'lum qildi.

Uning takidlashicha, Turkiya terroristlarni o'z manbasida yo'q qilish strategiyasini amalga oshiradi.

Yashar Guler bo'lginchi terror tashkiloti PKK Iroq shimoliga o'rnashib olganini va yillardan beri o'z faoliyatini u yerdan olib borayotganini aytdi.

"Shuning uchun biz terroristlarni Iroq shimolining o'zida yo'q qilishga harakat qilyabmiz",-deydi u.

Transchegaraviy operatsiya faoliyatlariga ham to'xtalib o'tgan Yashar Guler: "Biz terrorizmga qarshi kurash bo'yicha strategiyamizni o'zgartirdik. Biz terrorchilarni manbasida yo'q qilish strategiyasi bilan ish olib boryabmiz",- dedi.

Ma'lumki, Turkiya qo'shinlari Iroq shimolida 5-6 yildan beri o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Terror tashkiloti yillar davomida o'rnashgan hududlarni tark etib, janubga chekinishi kerakligini tilga olgan Milliy mudofaa vaziri, terrorizmni tubdan yo'q qilish uchun har qanday chorani ko'rishini ma'lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yashar Guler , #Turkiya

Aloqador xabarlar