Erdo‘g‘an bilan Barrov Gambiyada o‘tkaziluvchi islom sammitini qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Adama Barrov, telefon orqali muloqot qildi.

2134753
Erdo‘g‘an bilan Barrov Gambiyada o‘tkaziluvchi islom sammitini qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Gambiya Prezidenti Adama Barrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Unda Turkiya bilan Gambiya aloqalari, Isroilning Falastinga qarshi uyushtirgan hujumlari va Gambiyada o‘tkaziluvchi XV Islom sammiti qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an muloqotda, Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarining to‘xtatilishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorlariga rioya qilinishini ta’minlash uchun Islom olamining bir yoqadan bosh bir yengdan qo‘l chiqarishi muhim ekanini ta’kidladi.

Islom sammitida olib boriluvchi muzokaralar va qabul qilinuvchi qarorlarning foydali bo‘lishi haqidagi tilaklarini Barrovga yetkazgan Erdo‘g‘an, nomi tilga olingan sammitda Turkiya nomidan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ishtirok etishini ifoda etdi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an hamkasbi bilan bo‘lgan muloqotida, Turkiya – Gambiya munosabatlarini mustahkamlash uchun kelajakda amalga oshiriluvchi faoliyatlarni ham qo‘lga oldi.



Aloqador xabarlar