ITB Turkiyadagi loyihalar uchun 6,3 milliard dollar mablag' ajratadi

"Davlat strategiyasi asosida ITB mamlakatimizdagi loyihalarga 6,3 milliard dollarlik moliyalashtirishni nazarda tutadi. Biz amalga oshirgan iqtisodiy dastur tufayli Turkiyaga xorijiy resurs oqimi kuchli davom etmoqda",- deydi Mehmet Shimshek.

2133145
ITB Turkiyadagi loyihalar uchun 6,3 milliard dollar mablag' ajratadi

 

Turkiya G'aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek Islom Taraqqiyot Banki Guruhi (ITB) Turkiyadagi loyihalar uchun 6,3 milliard dollar mablag' ajratishini bildirdi.

Mehmet Shimshek, shuningdek Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda davom etayotgan yig'ilish doirasida Islom Taraqqiyot Banki guruhining 2024-2026 yillarda Turkiyadagi faoliyatini tartibga soluvchi Davlat strategiyasi qabul qilinganligini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, Islom Taraqqiyot Banki prezidenti Muhammad Sulaymon Al-Jasser bilan strategiya doirasida bitim imzolandi.

"Davlat strategiyasi asosida ITB mamlakatimizdagi loyihalarga 6,3 milliard dollarlik moliyalashtirishni nazarda tutadi. Biz amalga oshirgan iqtisodiy dastur tufayli Turkiyaga xorijiy resurs oqimi kuchli davom etmoqda",- deydi Mehmet Shimshek.

Taqdim etiladigan moliyalash ta'lim, sog'liqni saqlash, transport, moliya, qishloq xo'jaligi, sanoat, energiya va infratuzilma kabi ko'plab sohalardagi faoliyatni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

6,3 milliard dollarning 2 milliard dollari ITB, 900 million dollari Xalqaro savdoni moliyalashtirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ITFC), 300 million dollari Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) va 3,1 milliard dollari Islom davlatlararo eksport va investitsiyalarni sug‘urtalash korporatsiyasi (ICIEC) tomonidan taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Islom Taraqqiyot Banki Guruhi tashkil etilganidan buyon Turkiyaga 12,9 milliard dollar mablag' ajratilganiga diqqat qaratgan Mehmet Shimshek, Turkiyaning qulay shartlar bilan bank kreditlaridan foydalangan davlatlar orasida 4-o’rinda ekanligini ma’lum qildi.

U qolaversa, 2021-2023 yillarda Islom Taraqqiyot Banki Guruhi tomonidan mamlakat uchun taxminan 800 million dollarlik moliyalashtirish tasdiqlanganligini qo'shimcha qildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Islom Taraqqiyot Banki

Aloqador xabarlar