Erdo’g’an:"Terrorizmga qarshi kurash qat’iyat bilan davom etadi"

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Turkiya va mintaqaning kelajagida terrorga o’rin yo’qligini barchaga ko’rsatishga qaror qildik” dedi.

2124640
Erdo’g’an:"Terrorizmga qarshi kurash qat’iyat bilan davom etadi"

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, “Turkiya va mintaqaning kelajagida terrorga o’rin yo’qligini barchaga ko’rsatishga qaror qildik” dedi.

Prezident Erdo’g’an, Prezidentlik majmuasi ko’rgazmalar zalida Politsiya, Jandarmeriya va Sohil xavfsizlik xodimlari bilan uchrashgan iftor dasturida so’zladi.

Erdo’g'an, terrorizmning siyosatdan ustun qo'yilishi kerak bo'lgan yana bir mavzu ekanligini ta'kidladi.

“PKKdan FETOga, DEASHdan DHKP/Cgacha bo’lgan barcha terror tashkilotlari hech qanday  farq kuzatmasdan millatimizning dushmanidir.

“Hukumat va davlat sifatida biz terrorizmga qarshi juda samarali va muvaffaqiyatli kurash olib bordik va olib bormoqdamiz.

Turkiyaning terrorni manbasida yo’q qilish strategiyasining mevasini olayotganliklarini izohlagan Erdog’an: Uzluksiz olib borilgan amaliyotlar tufayli bo'lginchi terror tashkilotini yo'q bo'lib ketish nuqtasiga olib kelganliklarini bildirdi.

Prezident Erdog’an, “Suriya va Iroqdagi amaliyotlarimiz bilan DEASH va PKK-YPG terror tashkilotlarini chegaralarimizdan olib tashladik.

Umid qilamanki, biz bu ijobiy qadamlarni qat'iyat bilan davom ettiramiz. Turkiya va mintaqaning kelajagida terrorga o'rin yo'q.  “Biz buni do‘st-dushmanga, hammaga ko‘rsatishga qaror qildik”, dedi u.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kurash , #Terror , #İftor , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar