Turkiya bugun mahalliy boshqaruvchilarini saylamoqda

Turkiya bugun 81 ta viloyat, 973 ta tuman va 390 ta shaharni boshqaruvchi mahalliy hokimiyat organlari merlarini saylamoqda.

2122552
Turkiya bugun mahalliy boshqaruvchilarini saylamoqda

Turkiya bugun, 5 yil xizmat qiluvchi mahalliy boshqaruvchilarni saylamoqda.

Mamlakatning 81 viloyatida ovoz berish ishlari davom etmoqda.

Turkiya bo‘ylab saylov hayajonlari bugun ertalabdan boshladi.

Turkiyaning sharqida joylashgan 32 ta viloyatda ovoz berish ishlari Turkiya vaqti bilan soat 07:00 da boshlanib, yana Turkiya vaqti bilan 16:00da yakunlanadi.

Nomi tilga olingan 32 ta viloyatdan tashqari boshqa viloyatlarda esa Turkiya vaqti bilan soat 08:00 dan e’tiboran boshlagan ovoz berish ishlari 17:00da o‘z nihoyasiga yetadi.

Bugun, 31 - mart kuni bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlarda 81 ta viloyat, 973 ta tuman va 390 ta shahar hokimlari aniqlanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #mahalliy boshqaruv , #saylov

Aloqador xabarlar