Turkiyada ertaga saylov bo'lib o'tadi

Turkiya ertaga yangi mahalliy boshqaruvchilarni saylash uchun saylovga boradi. 61 million 441 mingdan ortiq saylovchi ovoz beradigan saylovda mustaqil nomzodlar bilan birga 34 siyosiy partiyadan nomzodlar ham kurash olib boradi.

2122361
Turkiyada ertaga saylov bo'lib o'tadi

 

 

Turkiya ertaga yangi mahalliy boshqaruvchilarni saylash uchun saylovga boradi.

61 million 441 mingdan ortiq saylovchi ovoz beradigan saylovda mustaqil nomzodlar bilan birga 34 siyosiy partiyadan nomzodlar ham kurash olib boradi.

Mamlakat bo‘ylab 206 mingdan ortiq saylov qutilari o‘rnatiladi.

Mahalliy saylovlarda; 30 ta katta shahar, 51 ta viloyat, 973 ta tuman va 390 ta shahar hokimi hamda 50 ming 336  nafar mahalla boshlig’i  aniqlanadi.

Viloyat umumiy kengashi va shahar kengashi a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Oliy saylov komissiyasi mavsumiy sharoit va quyosh botish vaqtini hisobga olgan holda 32 sharqiy viloyatda ovoz berish jarayonini bir soat oldinga surdi.

Shu doirada 32 viloyatda ovoz berish Turkiya vaqti bilan soat 07.00da boshlanib, 16.00da yakunlanadi.

Ushbu viloyatlardan tashqari boshqa joylarda ham ovoz berish vaqti 08.00 dan 17.00 gacha boʻladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Saylov , #Ertaga , #Turkiya

Aloqador xabarlar