Ahmet Yildiz «Taraqqiyot yo‘li» loyihasining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Hozirda Iroq poytaxti Bog‘dodda bo‘lgan Yildiz, iroqlik rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazishini bildirdi.

2114664
Ahmet Yildiz «Taraqqiyot yo‘li» loyihasining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Tashqi Ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmet Yildizning ma’lum qilishicha, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an aprel oyi ichida Iroqqa tashrif uyushtiradi.

Hozirda Iroq poytaxti Bog‘dodda bo‘lgan Yildiz, iroqlik rasmiylar bilan uchrashuv o‘tkazishini bildirdi.

Taraqqiyot yo‘li loyihasining ahamiyatiga e’tibor qaratgan Yildiz mavzu haqida:

“Turkiya va Iroq ustida qurilishi rejalashtirilgan Taraqqiyot yo‘li, katta ehtiyojni qondiradi. Turkiya yirik iqtisoddir va Yevropaga qo‘shni. Iroq ham yirik iqtisodiyot edi, umid qilamanki, yana shunday bo‘ladi. Buni har ikki davlat ham istaydi va agar yo‘lga qo‘yilgudek bo‘lsa ketgan xarajatlari bilan taqqoslanmaydigan darajada katta foyda olib keladi degan fikrdamiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yildiz, Prezident Erdo‘g‘anning aprel oyi ichida Iroqqa tashrif uyushtirishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar