Zakir Hasanov rasmiy tashrif bilan Anqarada
Zakir Hasanov, Yashar Gulerning rasmiy taklifiga binoan poytaxt Anqaraga keldi.
2111841
![Zakir Hasanov rasmiy tashrif bilan Anqarada](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/979f/a146/04c5/65e82e33a4967.jpg?time=1718057945)
Ozarbayjon Mudofaa vaziri general Zakir Hasanov, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Yashar Gulerning rasmiy taklifiga binoan poytaxt Anqaraga keldi.
Milliy Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan o‘zaro va hay’atlararo uchrashuvda ikki tomonli va harbiy aloqalar, mudofaa sanoati sohasidagi hamkorlik hamda mintaqadagi va dunyodagi oxirgi vaziyatlar muhokama qilindi.