Turk xalqi zilziladan keyin misli ko‘rilmagan birdamlikni namoyon qildi

Emine Erdo'g'anning ta'kidlashicha, bundan 1 yil muqaddam Qahramanmaroshdagi zilzilalar nafaqat binolarni vayron qildi, balki "yuraklarni ezdi".

2098463
Turk xalqi zilziladan keyin misli ko‘rilmagan birdamlikni namoyon qildi

 

Turk xalqi va davlatining birgalikdagi sa’y-harakatlari 2023 yilning fevral oyidagi zilzilalar natijasida vayron bo‘lgan Turkiya shaharlarini kuldan qayta tiklash imkonini beradi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anning turmush o‘rtog‘i Emine Erdo'g'an 2023 yil 6 fevralda Turkiyaning Qahramanmarosh viloyatida sodir bo‘lgan va o‘n minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan zilzilalarning 1 yilligi munosabati bilan X ijtimoiy tarmog‘ida fikr bildirdi.

Emine Erdo'g'anning ta'kidlashicha, bundan 1 yil muqaddam Qahramanmaroshdagi zilzilalar nafaqat binolarni vayron qildi, balki "yuraklarni ezdi".

Emine Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda turk xalqi fojia oldida misli ko‘rilmagan birdamlikni namoyon etgani barchaga shunday og‘ir sinovdan o‘tish imkonini berdi.

"Go‘zal yurtimizdagi har bir xonadon xayriya tashkilotiga, har bir fuqaro ko‘ngilli bo‘ldi", – dedi Turkiya prezidentining rafiqasi.

Emine Erdo‘g‘an tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgan barcha fuqarolar xotirasiga hurmat bajo keltirishini va ularning qayg‘uli oilalariga sabr tilashini aytdi.

"Davlat va xalqning birinchi kundan beri yelkama-yelka olib borayotgan kurashi zilziladan jabr ko‘rgan shaharlarimiz kulidan qayta tug‘ilishiga chin qalbimdan ishonaman", deb yozadi Emine Erdo'g'an.

U shuningdek, zilzila va qidiruv-qutqaruv ishlari aks etgan videolavhani ham ilova qilingan.

Turkiyada 6 fevral, seshanba kuni mamlakat janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirilmoqda.

Eslatma: 2023 yilning 6 fevralida Turkiya janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi yettidan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila episentri Qahramanmarash viloyatida bo‘lgan. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr, Kipr Gresiyasi va Iroqda ham sezilgan.

Qahramanmarash bilan birga Hatay, Usmoniya, Adiyaman, Diyarbakir, Shanliurfa, Gaziantep, Kilis, Adana, Malatya va Elazig viloyatlarida ham jiddiy vayronagarchilik va talofatlar qayd etilgan.

Zilzila qurbonlari soni 53 537 kishini tashkil etdi, yana 107 213 kishi jarohat oldi. Qidiruv va qutqaruv ishlariga yordam berish uchun 93 mamlakatdan ekipajlar yetib kelgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #Emine Erdo'g'an

Aloqador xabarlar