Turkiyada dahshatli zilzilalar sodir bo'lganiga bir yil to'ldi

2023 yilning 6 fevralida Turkiya janubi-sharqidagi Kahramanmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgandi.

2097979
Turkiyada dahshatli zilzilalar sodir bo'lganiga bir yil to'ldi

 

Turkiyada 53 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli zilzilalar sodir bo'lganiga bir yil to'ldi. Mamlakatning turli viloyatlarida 2023 yilning 6 fevralida mamlakat janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlarini xotirlash uchun marosimlar o‘tkazildi.

Eslatish joizki, 2023 yilning 6 fevralida Turkiya janubi-sharqidagi Kahramanmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgandi.

Turkiya rasmiylari vayronkor zilzilani “asr falokati” deb atadi. Zilzila episentri Qahramanmarash viloyatida bo‘lgan.

Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr, Kipr Gresiyasi va Iroqda ham sezildi.

Ta’kidlash joizki, Qahramanmarash bilan birga Hatay, Usmoniya, Adiyaman, Diyarbakir, Shanliurfa, Gaziantep, Kilis, Adana, Malatya va Elazig viloyatlarida ham jiddiy vayronagarchilik va talofatlar qayd etildi.

Zilzila qurbonlari soni 53 537 kishini tashkil etdi, yana 107 213 kishi jarohat oldi.

Qidiruv va qutqaruv ishlariga yordam berish uchun 93 mamlakatdan ekipajlar yetib kelgan.

Butun mamlakat bo‘ylab 7 kunlik milliy motam e’lon qilindi. Zilziladan jabr ko‘rgan hududda favqulodda holat e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda jami 650 ming kishi, jumladan, xorijdan kelgan 11 488 nafar, qidiruv-qutqaruv ishlarida 35 250 nafar ishtirokchi va 142 ming xavfsizlik kuchlari jalb etilgan.

350 ta chodir shaharchada 645 ming dona, 414 ta konteyner shaharchasida 215 ming 224 dona konteyner o‘rnatildi.

Bugun "Asr falokati"ning 1 yilligi munosabati bilan butun Turkiya bo'ylab hayotdan ko'z yumgan fuqarolar yodga olindi.

Maktablarda darslar zilzilalarda qurbon bo'lganlar xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut saqlash bilan boshlandi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar