Ibrohim Raisiy Turkiyaga keldi

Ibrohim Raisiy rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

2092969
Ibrohim Raisiy Turkiyaga keldi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning taklifiga binoan bugun rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelmoqda.

Prezident Erdo‘g‘an, Eron Prezidentini poytaxt Anqaradagi Prezidentlik kulliyasida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, rasmiy tashrif doirasida Turkiya - Eron Oliy darajali hamkorlik kengashining sakkizinchi yig‘ilishining poytaxt Anqarada Prezident Erdo‘g‘an va Raisiy rahbarligida o‘tkazilishi bildirildi.

Yig‘ilishda Turkiya - Eron munosabatlarining barcha jihatlari ko‘rib chiqilishi va ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish hamda rivojlantirish uchun olib borilishi kerak bo‘lgan faoliyatlar muhokama qilinishi ifoda etilgan bayonotda shuningdek:

“Uchrashuvlar chogʻida ikki tomonlama munosabatlardan tashqari, G‘azo va bosib olingan Falastin tuproqlarida yuz bergan Isroil hujumlari bosh bo‘lish bilan birga mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar haqida fikr almashiladi. Yig‘ilish orqali munosabatlarning ahdi zaminini mustahkamlashni ko‘zlagan turli hujjatlarga qo‘l qo‘yilishi ham rejalashtirilmoqda”. – deyildi.

 

 



Aloqador xabarlar