Turkiya bilan BAAning energetika sohasidagi hamkorlik yoʻl xaritasi muhokama qilindi
Alparslan Bayraktar bilan Muhammad Hasan as – Suvaydiy, energetika sohasidagi hamkorlik yoʻl xaritasini muhokama qildi.
Turkiya Respublikasi Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) sarmoya vaziri Muhammad Hasan as - Suvaydiy bilan energetika sohasidagi hamkorlik yoʻl xaritasini muhokama qildi.
Bayraktar «X» ijtimoiy tarmoq hisobi orqali, as - Suvaydiy bilan poytaxt Anqarada uchrashganini bildirdi.
Alparslan Bayraktar unda shuningdek,
“Uchrashuvimizda oʻtgan yili ikki davlat oʻrtasida imzolangan energetika shartnomalarini konkretlashtirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan yoʻl xaritasini muhokama qildik. Energetika sohasidagi yangi loyihalar bilan aloqalarimizni mustahkamlaymiz. Birgalikda mintaqaviy hamkorligimizni yanada rivojlantiramiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.
Aloqador xabarlar
Hakan Fidan Pekinda Chin Vinching bilan uchrashdi
Hakan Fidan xitoylik hamkasbi Van Ining taklifiga binoan Xitoyga rasmiy tashrif uyushtirdi.