G‘azolik bemorlarni tashigan samolyot Turkiyaga keldi

G‘azolik bemorlarni tashigan samolyot kecha Misrdan Turkiyaga keldi.

2078019
G‘azolik bemorlarni tashigan samolyot Turkiyaga keldi

G‘azodan Misrga olib o‘tilgan 75 nafar bemor va ularning 74 nafar hamrohi, Milliy Mudofaa vazirligiga oid samolyot orqali davolanishi uchun Turkiyaga olib kelindi.

Misrning al - Arish aeroportidan yo‘lga chiqqan Milliy Mudofaa vazirligiga oid A400M rusumidagi samolyot 75 nafar bemor, 74 nafar hamroh va tibbiy xodimlari bilan poytaxt Anqaradagi Etimesgut harbiy aeroportiga kelib qo‘ndi.

Samolyotdagi bemorlar aeroportda tayyor kutib turgan tez yordam mashinalari orqali Bilkent va Etlik shahar kasalxonalari bilan Yenimahalledagi shifoxonaga yuborildi.

Samolyot bugun ertalab 2 ming 200 kilogramm dori – darmon va tibbiy buyumlar hamda 11 nafar tibbiy xodimi bilan yo‘lga chiqqandi.

Yaqin soatlarda G‘azodan yana bir guruh bemor va ularning hamrohlarini ham Turkiyaga olib kelinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #bemorlar , #Misr , #G‘azo

Aloqador xabarlar