Turkiya G'azoga 51ta konteynerda tibbiy buyumlar yubordi

Turkiya shoshilinch sog'liqni saqlash xizmatlari uchun mintaqaga to'liq jihozlangan dala kasalxonalari va 20 tez yordam mashinasini yubordi.

2062861
Turkiya G'azoga 51ta konteynerda tibbiy buyumlar yubordi

 

G'azo uchun eng katta sog'liqni saqlash yordami Izmirdan jo'nab ketdi.

Turkiya shoshilinch sog'liqni saqlash xizmatlari uchun mintaqaga to'liq jihozlangan dala kasalxonalari va 20 tez yordam mashinasini yubordi.

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja, jami 51 konteyner tibbiy buyumlar va generatorlar va 20 ta to'liq jihozlangan tez yordam mashinasi bilan kemaning Izmir Alsanjak portidan Misrga jo'nab ketganini ma'lum qildi.

Yo'lda tibbiy yordam materiallari orasida barcha turdagi iqlim sharoitlariga chidamli operatsiya xonalari va intensiv terapiya bo'limlari mavjud.

U to'liq jihozlangan dala kasalxonasini, to'liq jihozlangan shamollatiladigan turdagi dala kasalxonalarini va ushbu shifoxonalarda ishlatiladigan tibbiy dori-darmonlar va tibbiy sarf materiallarini o'z ichiga oladi.

Yordam kemasining ertaga Al-Arish portiga yetib borishi rejalashtirilmoqda.

Vazir Fahrettin Ko’ja, shuningdek, El Arish aeroportiga dori-darmon, tibbiy sarf materiallari, tibbiy asboblar va generatorlardan iborat 8 yuk samolyoti kelganini ta'kidladi.

Turkiya bundan oldin mintaqaga havo orqali 230 tonna yordam moddasi yuborgan edi.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari 7 oktabr kuni Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qildi.

Bunga javoban Isroil armiyasi jangovar samolyotlar bilan G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilatgan edi.

Aksariyati bolalar bo'lgan 10 mingdan ortiq falastinlik keskinlashib borayotgan taranglikda halok bo'ldi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Izmir , #Turkiya , #Yordam , #Gumanitar , #G'azo

Aloqador xabarlar