Prezident Erdo‘g‘an Raisiy bilan G‘azo masalasini qo‘lga oldi

Hozirda O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

2062670
Prezident Erdo‘g‘an Raisiy bilan G‘azo masalasini qo‘lga oldi

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining 16 – sammitida ishtirok etish uchun hozirda O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashdi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Erdo‘g‘an bilan Raisiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqiroz va uni hal qilish yo‘lida tashlanadigan qadamlar, Turkiya-Eron o‘zaro munosabatlari va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

Uchrashuvda Prezident Erdo‘g‘an Isroilning hujumlarini to‘xtatishi mintaqa va dunyo tinchligiga xizmat qilishini bildirib, Islom Hamkorlik Tashkilotining navbatdan tashqari sammitda, mazkur muammoni hal qilishga harakat qilinishi kerakligini bildirdi.

Turkiyaning kafillik mas’uliyatini o‘z zimmasiga olib, muammoni hal qilishga tayyor ekanini ta’kidlagan Prezident Erdo‘g‘an, Islom olamining mushtarak pozitsiyada bo‘lishi va Isroilga nisbatan bosimni kuchaytirishi zarurligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar