Erdo’g’an Qorabog’dagi g’alabaning 3 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi

"Birodar Ozarbayjonni 8-noyabr G'alaba kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman! Qorabog' Ozarbayjon zamini va oxirzamongacha shunday bo’lib qoladi degan umiddaman”,-deydi Turkiya prezidenti o’z tabrigida.

2062319
Erdo’g’an Qorabog’dagi g’alabaning 3 yilligi munosabati bilan tabrik yo'lladi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qorabog’dagi g’alabaning 3 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon hukumati va xalqiga tabrik yo’lladi.

"Birodar Ozarbayjonni 8-noyabr G'alaba kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman va Qorabog'ni ozod qilish uchun 44 kun davomida qahramonlarcha kurashgan faxriylarimiz va shahidlarimizni hurmat bilan yodga olaman! Qorabog' Ozarbayjon zamini va oxirzamongacha shunday bo’lib qoladi degan umiddaman”,-deydi Turkiya prezidenti o’z tabrigida.

Ma’lumki, kecha 8 noyabr kuni Ozarbayjonda muhim sana – Zafar kuni keng nishonlandi. Mazkur sana Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va suvereniteti tiklangani bilan tarixiy ahamiyatga ega.

Ozarbayjon qurolli kuchlari 2020 yil 27 sentyabr kuni boshlangan va 44 kun davom etgan urush yakunida chorak asrdan ziyod ishg‘ol ostida bo‘lgan Qorabog‘dagi shahar va qishloqlarini ozod qildi. Shuningdek, Ozarbayjon xalqi uchun Ulug’ Vatan urushi deb atalgan jang yakunida, 8 noyabr kuni Qorabog‘ning tarixiy-madaniy poytaxti Shusha shahri ham ozod qilindi. Shusha shahri qaytarib olingan kun “Zafar kuni” deb e’lon qilindi.

Joriy yil 19 sentyabr kuni Ozarbayjon qurolli kuchlari o‘tkazgan aksilterror amaliyoti yakunida esa tan olinmagan “Tog‘li Qorabog‘ respublikasi”ga chek qo’yildi va mamlakat hududiy yaxlitligi to‘la-to‘kis tiklandi.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘ markazi Xonkendida mamlakat bayrog‘ini ko‘tarishi bilan 30 yillik mojaroga nuqta qo’yildi.


Tanlangan kalimalar: #Qorabog' , #Turkiya , #Ozarbayjon , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar