Turkiya G‘azoga tibbiy yordam kemasi yuboradi

Turkiya G‘azoga tibbiy jihatdan ham yordam berish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

2061941
Turkiya G‘azoga tibbiy yordam kemasi yuboradi

Turkiya G‘azoga yordam berish maqsadida Misrga dala kasalxonalari, dori - darmon, tez yordam va ularni ishlatishda ehityoj tug‘ilgan turli ashyolarni o‘z ichiga olgan tibbiy yordam kemasi yuboradi.

Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan G‘azoga yordam berish uchun yuboriluvchi kema ertaga Turkiya vaqti bilan soat 14:00 da, Izmirning Alsanjak portida yuklash ishlarini boshlaydi.

Kemaga dala kasalxonasida foydalaniluvchi kerakli tibbiy ashyolar yuklanadi.

Bundan tashqari hududga 20 ta toʻliq jihozlangan tez yordam mashinasi va Milliy tibbiy qutqaruv guruhi vositalari bilan sogʻliqni saqlash muassasalarini energiya bilan taʼminlash uchun generatorlar yuboriladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #G‘azo , #tibbiy yordam

Aloqador xabarlar