Erdo‘g‘an bilan Stoltenberg G‘azodagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Yens Stoltenberg telefon orqali muloqot qildi.

2054082
Erdo‘g‘an bilan Stoltenberg G‘azodagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, G‘azodagi oxirgi vaziyat, inson huquqlari paymol qilinishining oldini olish uchun e’tibor berilishi va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jihatlar va begunoh tinch aholiga qarshi uzluksiz insonparvarlik yordami yetkazib berilishi masalalari qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an muloqot chog‘ida, G‘arb davlatlarining munosabati G‘azoda inson huquqlari buzilishini kuchaytirganiga e’tibor qaratdi.

Isroilni to‘xtatish uchun mamalakatlar chora ko‘rmagudek bo‘lsa, unda vaziyatning tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishini qayd etgan Erdo‘g‘an, G‘arb va dunyo ko‘z oldida sodir bo‘layotgan va e’tibordan chetda qolayotgan insoniy fojialarga barham berish uchun imkon qadar tezroq harakat qilinishi kerakligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar