Prezident Erdo‘g‘an: “ShKTRning tan olinishi, eng to‘g‘ri tanlovdir”.

Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Naxchivon viloyatiga uyushtirgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda bayonot berdi.

2042493
Prezident Erdo‘g‘an: “ShKTRning tan olinishi, eng to‘g‘ri tanlovdir”.
thumbs_b_c_3324bdd75ab622a5e5c2599a180e533d.jpg
Nahcivan.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an,

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (ShKTR) tan olinishi, doimiy tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashni istagan barcha davlatlar uchun eng to‘g‘ri tanlovdir”. – dedi.

Erdo‘g‘an Ozarbayjonning Naxchivon viloyatiga uyushtirgan tashrifidan qaytar chog‘ida samolyotda bayonot berdi. Unda, 3 - noyabr kuni Qozog‘istonda Turk Davlatlari Tashkiloti yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi va unda Shimoliy Kipr Turk Respublikasining ham kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etishini bildirdi.

Erdo‘g‘an:

“ShKTRning tan olinishi Kipr orolida doimiy tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashni istagan har bir davlat uchun eng to‘g‘ri tanlovdir. Uzoq yillardan beri turklar o‘rnini ko‘rmaslikka olganlarning qilmagan ishi qolmadi. Ammo, ularning har bir qadami asossiz bo‘lgani uchun natija ola olmadilar”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an:

“Hech kim bizdan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi huquqlariga e’tiborsiz qolishimizni yoki ularning paymol qilinishiga yo‘l qo‘yishimizni kutmasin. Biz, bundan buyon ShKTRning boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinishi uchun ovozimizni yana - da balandroq chiqaramiz”. – dedi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning oktabr - noyabr oylarida Turkiyaga tashrif uyushtirishini ham bildirgan Erdo‘g‘an.

“Bu tashrifning eng munosib vaqtda uyushtirilishi uchun uchrashuvlar davom etmoqda. Ortidan biz ham javob tariqasida Isroilga boramiz”.- dedi.

Turkiya va Isroil ko‘p sohalarda hamkorlik qilayotganini ta’kidlagan Prezident:

“Hamkorlikning yangi yo‘nalishlari mavjudligi ham haqiqatdir. Xususan Yevropa, Rossiya – Ukraina urushidan keyin paydo bo‘lgan holatning ham ta’sirida barqaror energiya manbalari payida. Isroilning o‘z manbalarini Yevropaga yetkazib berish masalasidagi izlanishlari ham hammaga ma’lum. Eng oqilona yoʻl bu manbalarning Yevropaga Turkiya orqali yetkazib berilishidir. Bularni oxirgi uchrashuvlarimizda qo‘lga oldik, faoliyatlarni boshlatdik”. - deya gapirdi.

Energiya burg‘ilash faoliyatlari masalasida Isroil bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari borligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Bu borada texnik tadqiqotlar olib borish uchun tegishli do‘stlarimizga ko‘rsatma berdik. Eng qisqa vaqt ichida, ham Turkiya ham da Isroilda o‘tkaziluvchi uchrashuvlarimizda yo‘l - yo‘riq, taqvim va burg‘ulash joylari kabi tafsilotlarni aniqlab olamiz”. – dedi.

Boshqa jihatdan esa Prezident Erdo‘g‘an, Zangazur va Lochin yo‘laklari haqida:

“Umid qilamizki, bu yerlarni tinchlik yo‘lagiga aylantirib, (keyin foydalanishga) ochamiz. Haligacha, urush hukmron bo‘lgan yo‘lak haqida o‘ylash imkonsiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Bundan buyon Xo‘jali va Qorabog‘ uchun ham Ozarbayjon mustaqilligi asosida doimiy tinchlik va osoyishtalik vaqti keldi. Bu yerdagi Armanistonning vazifasi, tinchlik o‘rnashi uchun uni qo‘llab – quvvatlashdir”.

Prezident Erdo‘g‘an, Shvetsiyaning NATOga a’zoligi haqida esa:

“Bergan va’dalarida tursalar, majlisimiz ham bergan va’dalariga sodiq qoladilar. Qadamlarini ham shunga qarab tashlaydilar”. – deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar