Prezident Erdo‘g‘an yurtdoshlariga minnatdorchilik bildirdi
Erdo‘g‘an, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ovozlarning hammasi sanab bo‘linganidan so‘ng ilk bayonotini Istanbulda berdi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an
“Saylovda ishtirok etib, irodasini o‘rtaga qo‘ygan barcha fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiraman”.-dedi.
Erdo‘g‘an, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ovozlarning hammasi sanab bo‘linganidan so‘ng ilk bayonotini Istanbulda berdi.
O‘z so‘zini yuqori faollik uchun minnatdorchilik bildirish bilan boshlagan Erdo‘g‘an:
“Mamlakatni 5 yil davomida boshqarish vazifasini yana bir bor topshirgan xalqimning har bir a’zosiga minnatdorchilik bildiraman. Ishonchingizga munosib bo‘lamiz”,-deya gapirdi.
Prezident:
“Biz shunday yutuqqa erishamizki, hech kim yo‘qotmaydi degandik. Shunday ekan bugun g‘alabaga erishgan faqatgina Turkiyadir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.
Ikkinchi bosqich saylovlarning hali hanuz aniqlanmagan natijalariga ko‘ra Erdo‘g‘an 52 foizlik ovoz bilan takror prezident etib saylandi.