Erdo‘g‘an saylov natijalarini demokratiya bayrami deb atadi

Bugun, 28 may kuni  Turkiyaning amaldagi Prezidenti, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi yetakchisi Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Istanbulda tarafdorlari qarshisiga chiqdi va saylovdagi g‘alabasini e’lon qildi.

1992097

Bugungi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ko‘pchilik ovozni qo‘lga kiritgan Erdo‘g‘an saylov natijalarini demokratiya bayrami deb atadi.

“Prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi. Xalqimizga bizga bergan demokratiya bayrami, kelgusi besh yil davomida mamlakatni boshqarish mas’uliyatini bizga topshirgani uchun minnatdorlik bildiraman", degan Erdo‘g‘an. 

Shuningdek, Turkiya rahbari Ozarbayjon va O‘zbekiston yetakchilari uni g‘alaba bilan qutlaganini, xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilib, tabriklaganida lozim bo‘lsa Turkiyaga yetib borishini bildirganini aytgan.

Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Istanbuldagi mitingdan so‘ng Anqaraga uchib ketgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar umumiy saylov uchastkalaridagi 99 foiz saylov qutilari ochilgan. Unga ko‘ra, amaldagi Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an hozirda 52,8 foiz ovoz olgan. Uning raqibi Kemal Kilichdaro‘g‘li esa 47,9 foiz ovoz to'plagan.

Erdo‘g‘an yana keyingi besh yilda, ya’ni 2028 yilga qadar mamlakatni boshqaradi.

Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar