Xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining 2 mlnga yaqini ovoz berdi

Xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining prezidentlik saylovlaridagi faolligi rekord darajaga yetdi.

1991026
Xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining 2 mlnga yaqini ovoz berdi

 

Xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining prezidentlik saylovlaridagi faolligi rekord darajaga yetdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, saylovning ikkinchi turida xorijda yashovchi Turkiya fuqarolarining 1 million 895 ming 430 nafari ovoz bergan. Umuman olganda, saylovchilarning faolligi rekord darajada bo‘lib, 55 foizni tashkil etgan. 

Mutaxassislarning fikricha, ushbu fuqarolarning ovozlari g‘olibni aniqlashda asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Saylovning ikkinchi turida amaldagi yetakchi Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va muxolifat nomzodi Kemal Kilichdaro‘g‘li prezidentlik uchun kurashmoqda. Birinchi turda saylovchilarning 49,5 foizi Erdo‘g‘onga ovoz bergan. Kilichdaro‘g‘liga esa, 44,8 foiz saylovchi ovoz bergan.

Shuningdek, Turkiya Prezidentligiga nomzodini qo‘ygan va birinchi turdan so‘ng 5,17 foiz ovoz bilan mag‘lub bo‘lgan Sinan Og‘an esa yaqinlashayotgan saylovda amaldagi Prezidentni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish joriy yilning 28 may yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya

Aloqador xabarlar