Erdo’g’an Diyarbakirda uyushtirilgan iftorda zilziladan jabr ko’rganlar bilan suhbatlashdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, terrordan tozalangan shaharlar tinchlikka erishganini va rivojlanish harakati bilan  uchrashganini bildirdi.

1975221
Erdo’g’an Diyarbakirda uyushtirilgan iftorda zilziladan jabr ko’rganlar bilan suhbatlashdi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an, terrordan tozalangan shaharlar tinchlikka erishganini va rivojlanish harakati bilan  uchrashganini bildirdi.

Prezident Erdo’g’an Diyarbakirda uyushtirilgan iftor dasturxonida zilzila qurbonlari bilan suhbatlashdi.

Oxirgi uch yildirki, koronavirus epidemiyasi va keyin 6-fevraldagi zilzila falokati tufayli Ramazon oyini qayg'uli o'tkazganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, zilzila tufayli 50 ming jonni ko'mish azobini boshdan kechirganliklarini bildirdi.

Birin-ketin boshdan kechirgan zilzila falokatini ta'riflashga so'zlar yetarli emasligini ta'kidlagan Erdo'g'an:

 “Olimlar Qahramanmaroshdagi 7,7 va 7,6 balli zilzilani asrning tabiiy ofatlari deb ta’riflamoqda.  O'sha kechani boshdan kechirganlar  va zilzilalardan keyin mintaqaga ko'chib o'tganlar bu ifodaning qanchalik to'g'ri ekanligini, asr falokatini qabul qiladilar." dedi.

Erdo'g'an ham qattiq qish sharoiti, ham 11 viloyatda sodir bo'lgan zilzila ta'siri ishni qiyinlashtirgani haqiqat, lekin davlatning zilzila zonasi uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qilgani inkor etilmaydigan haqiqat ekanini bildirdi.

“Avvalgi suv toshqini, zilzila va yong‘in falokatlarida xalqqa bergan barcha va’dalarimizga vafo qilganimizdek, bu yerda ham qattiq mehnat qilyapmiz”, — dedi Erdo‘g‘an.

Terrorga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilganiga e’tibor qaratgan Erdog’an:

Hududimizdan dahshatning qora soyasi olib tashlanishi bilan, Xudoga shukur, shaharlarimiz osoyishtalik va farovonlik topmoqda, sarmoya, xizmat va bandlik bilan har tomonlama rivojlanish harakati bilan uchrashmoqda”.  Deya ifoda etdi.

 

 

 

 


 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #İftor , #Zilzila , #Diyarbakir , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar