Ramazon hayitida Nurdagʻi va Turkoʻgʻlu tumanida ilk qishloq uylari kaliti topshirilmoqchi

Erdoʻgʻan, 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlari ortidan mintaqaga yordam yetkazib bergan munitsipalitetlar, qidiruv va qutqaruv guruhlari hamda tabiiy ofatdan ziyon koʻrgan yurtdoshlar bilan iftor dasturida uchrashdi.

1974253
Ramazon hayitida Nurdagʻi va Turkoʻgʻlu tumanida ilk qishloq uylari kaliti topshirilmoqchi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Ramazon hayitida Gaziantep viloyatining Nurdagʻi tumani bilan Kahramanmarash viloyatining Turkoʻgʻlu tumanida ilk qishloq uylari kaliti topshirilishini qayd etdi.

Erdoʻgʻan Prezidentlik kulliyasida oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan va 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlari ortidan mintaqaga yordam yetkazib bergan munitsipalitetlar, qidiruv va qutqaruv guruhlari hamda tabiiy ofatdan ziyon koʻrgan yurtdoshlar bilan iftor dasturida uchrashdi.

Tabiiy ofat hududida chodir, konteyner va prefabrik uylar qurganliklarini yodga solgan Erdoʻgʻan, xalqning barcha imkonlari va davlatning butun tashkiloti bilan ilk daqiqalardanoq hududga yetib borganliklariga e’tibor qaratdi.

Chiqindilarni olib tashlash ishlari jadal davom etayotganini ifoda etgan Erdoʻgʻan, turar-joy qurilishi faoliyatlari ham uzluksiz davom etayotganini va ularni bir yil ichida tamomlashlarini qayd etdi.

Erdoʻgʻan Ramazon hayitida Gaziantep viloyatining Nurdagʻi tumani bilan Kahramanmarash viloyatining Turkoʻgʻlu tumanida ilk qishloq uylari kaliti topshirilishini ham oʻz soʻziga ilova etdi.   

 



Aloqador xabarlar