“Oʻn bir oyning sultoni” Ramazon ertaga boshlanadi

Bu yil Ramazon, 29 kun davom etadi.

1963359
“Oʻn bir oyning sultoni” Ramazon ertaga boshlanadi
ayasofya.jpg

“Oʻn bir oyning sultoni” Ramazon ertaga boshlanadi

Musulmonlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan uch oylardan biri, “O‘n bir oyning sultoni”, Ramazon oyi ertaga boshlanadi. Ilk tarovih namozi Turkiya bo‘ylab bugun oqshom masjidlarda o‘qiladi. Ramazonning birinchi ro‘zasi uchun esa kechasi saharlikka turilib, ertaga birinchi iftorlik qilinadi.

Bu yil Ramazon, 29 kun davom etadi.

Turkiya Din ishlari yetakchiligi, bu yilgi Ramazon oyi mavzusini, “Ramazon va birdamlik” deb belgiladi.

Masjidlar ham orziqib kutilayotgan muborak oyga shay.

Istanbuldagi ma’naviyat markazlari shu jumladan Ayasofya va Eyup Sulton jome’ masjidlari ham atirgul suvi bilan yuvilib, Ramazonga tayyorlandi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Ramazon oyining ilk iftorida, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan yer silkinishlaridan salbiy ta’sir ko‘rgan mamlakatning Kahramanmarash viloyatida bo‘ladi.


Tanlangan kalimalar: #Ramazon , #Oʻn bir oyning sultoni

Aloqador xabarlar