Erdo‘g‘an rasman prezidentlikka nomzod bo‘ldi

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an joriy yilning 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olish uchun Oliy saylov komissiyasiga rasman ariza topshirdi.

1963282
Erdo‘g‘an rasman prezidentlikka nomzod bo‘ldi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an joriy yilning 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olish uchun Oliy saylov komissiyasiga rasman ariza topshirdi.

Kecha, 21 mart kuni Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi vakillari uni ro‘yxatga olish Oliy saylov kengashiga borgani mahalliy telekanallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etildi.

Ayni damda 18 nafar siyosatchi oliy davlat lavozimi uchun kurash olib borish rejalarini ma’lum qilgan. Erdo‘g‘anning asosiy raqibi asosiy muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi raisi Kemal Kilichdaro‘g‘li bo‘lishi kutilmoqda. 

Oliy saylov komissiyasiga “Adolat va taraqqiyot” bilan birga hukmron partiya bilan ittifoqchi Millatchi Harakat partiyasi vakillari ham keldi. Ular partiyalar Erdo‘g‘anni yagona nomzod sifatida ko‘rsatishga qaror qilganini va qonun talabiga ko‘ra barcha kerakli hujjatlarni Oliy saylov komissiyasiga taqdim etganini bildirishdi. 

Turkiyada parlament saylovlari bilan bir qatorda 14 may kuni prezidentlik saylovlari ham bo‘lib o‘tadi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun davlat rahbari lavozimiga nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘plashi kerak. Aks holda, ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadi, unda birinchisida eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan ikki nomzod ishtirok etadi. Avvalgi prezidentlik saylovlari 2018 yil 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Erdo‘g‘an 52,6% ovoz to‘plab, g‘alaba qozongandi.

 


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar