Turkiya Kopengagenda Qur’oni Karimning yoqilishiga ruxsat berilishini qattiq qoraladi

Turkiya Kopengagendagi Turkiya elchixonasi va Daniyadagi masjid oldida politsiya himoyasi ostida Qur’oni Karimning yoqilishiga ruxsat berilganini qoraladi.

1938946
Turkiya Kopengagenda Qur’oni Karimning yoqilishiga ruxsat berilishini qattiq qoraladi

 

Turkiya Kopengagendagi Turkiya elchixonasi va Daniyadagi masjid oldida politsiya himoyasi ostida Qur’oni Karimning yoqilishiga ruxsat berilganini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan  berilgan bayonotda,

“Biz Shvetsiyada muqaddas kitobimiz Qur’onga qarshi sodir etilgan nafrat jinoyatini  bugun Daniyaning Kopengagen shahrida yana o‘sha islomofob sharlatan tomonidan sodir etilishiga ruxsat berilganini qattiq qoralaymiz”. Deya ifoda etildi.

Bayonotda, Turkiyaning barcha ogohlantirishlariga qaramay, Shvetsiya va Gollandiyadan keyin Daniyada amalga oshirilgan “bu jirkanch harakat”ning oldini ololmaganligi, Yevropadagi diniy murosasizlik va nafratning xavfli jihatini ochib berganiga diqqat qaratdi:

“Yevropadagi millionlab odamlarning  qadriyatini  kamsitadigan bunday jirkanch harakatlarga toqat qilib tinch-totuv yashash  muhitiga  tahdid soladi va har kuni Yevropaning qaysidir joyida sodir boʻlayotgan irqchilik, ksenofobiya va islomga qarshi hujumlarni qoʻzgʻatadi.

Biz hukumatlarga Yevropa jamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan musulmonlarni chetga surib qo‘yuvchi bu xatti-harakatlarga javob bermay qolayotgan mas’uliyatini eslatib, ularni himoya qilmoqchi bo‘lgan umuminsoniy qadriyatlar oyoq osti qilinayotgani  harakatga qarshi tomoshabin bo’lmaslikka chaqiramiz. "

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar