Turkiya Ozarbayjon elchixonasiga sodir etilgan hujumni qoraladi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga sodir etilgan hujumni qattiq qoralab, Turkiya davlati har doim Ozarbayjonning yonida ekanini ta’kidladi.

1938613
Turkiya Ozarbayjon elchixonasiga sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga sodir etilgan hujumni qoraladi.

Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan yozma bayonotda qayd etildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog’ida Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga sodir etilgan hujum tafsilotlari muhokama qilindi.

“Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li Ozarbayjonning Tehrondagi elchixonasiga sodir etilgan hujumni qattiq qoralab, Turkiya davlati har doim Ozarbayjonning yonida ekanini ta’kidladi. Chavusho’g’li voqeada elchixona xodimining hayotdan ko’z yumganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi va yaradorlarning tezroq sog’ayib ketishini tiladi”,-deyiladi TIV bayonotida.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar