Turkiya Pokistonga 900 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Turkiya tomonidan Pokistondagi suv toshqinlaridan jabrlangan aholi uchun yuborilgan insonparvarlik yordamlari Karachi shahriga yetib bordi.

1938000
Turkiya Pokistonga 900 tonna insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya tomonidan Pokistondagi suv toshqinlaridan jabrlangan aholi uchun yuborilgan insonparvarlik yordamlari Karachi shahriga yetib bordi.

Taxminan 900 tonnani tashkil qilgan insonparvarlik yordami tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, ko'rpa-to'shak, qishki kiyim-kechak va gigiyena vositalari o’rin olgan.

Ushbu insonparvarlik yordamlari ortilgan “saxovat kemasi” Karachi portiga langar tashladi.

Qolaversa, yana 763 tonna gumanitar yordam ortilgan ikkinchi kema 4 fevral kuni Karachiga yetib borishi kutilmoqda.

O'tgan yili musson yomg’irlari mavsumida yuz bergan sel va suv toshqinlaridan jabrlangan Pokistonga birinchilardan bo’lib, Turkiya yordam qo’lini uzatgandi. Unda Turkiyadan mamlakatga 15ta samolyot, 13ta poyezd va bitta kemada insonparvarlik yordami yuborilgandi.

Ma’lumotga ko’ra, Pokistondagi suv toshqinlari tufayli 1740 ga yaqin odam halok bo'lgan, 12 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan.

Ta’kidlanishicha, mamlakat bo‘ylab 33 milliondan ortiq odam jabr ko‘rgan suv toshqinlarining zarari 30 milliard dollardan oshadi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar