«Bayraktar TB2» uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar dunyo kun tartibida

«Bayraktar TB2», “MIT Technology Review” jurnali tomonidan “2023-yilning eng ilg‘or texnologiyalari” qatorida qayd etildi.

1936812
«Bayraktar TB2» uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar dunyo kun tartibida

«Bayraktar TB2» uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar, “MIT Technology Review” jurnali tomonidan “2023-yilning eng ilg‘or texnologiyalari” qatorida qayd etildi.

Baykar Bosh direktori Haluk Bayraktar, o‘zining Twitter sahifasida mavzu haqida:

“Dunyodagi eng muhim texnologiya kanallaridan biri bo‘lgan «MIT Technology Review», bizning milliy «Bayraktar TB2» qurilmalarimizni 2023-yildagi eng yangi texnologiyalar qatorida ko‘rsatdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

«MIT Technology Review» jurnalining veb - saytida, «Bayraktar TB2» kabi Türkiyeda ishlab chiqarilgan samolyotlar bilan dronlarning urushdagi rolining sezilarli darajada kengaytirilgani qayd etildi.

Jurnal veb - saytida «Bayraktar TB2» qurilmalari quyidagicha baholandi:

“TB2, asta - sekin uchgan fyuzelyajda birlashtirilgan va yetarlicha yaxshi qismlardan iborat to‘plamdir. U soatiga 138 milya tezlikka erisha oladi va taxminan 186 milya aloqa masofasiga ega. Baykarning aytishicha, u havoda 27 soat qolishi mumkin.

Ammo TB2, yer stansiyalari bilan videolavha bo‘lisha olgan kameralar orqali birlashtirilganida ham qanotlarida tashigan lazerli bombalarni nishonga olish va yerdan to‘pchi otishlariga yo‘l ko‘rsatishga yordam berish uchun kuchli vositaga aylanmoqda”.

 



Aloqador xabarlar