Türkiye Nepalga hamdardlik bildirdi

Nepal markazidagi Poxara viloyatida 68 yo‘lovchi bilan 4 nafar ekipaj a’zosini tashigan samolyot, Seti daryosi yaqinida quladi va oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi.

1932880
Türkiye Nepalga hamdardlik bildirdi

Türkiye Nepaldagi samolyot halokatida hayotdan ko‘z yumganlar uchun hamdardlik bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida:

“Bugun ertalab Nepalda sodir bo‘lgan samolyot halokati oqibatida ko‘pchilikning hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarni katta qayg‘u bilan oldik. Ushbu fojiali halokatda halok bo‘lganlarning yaqinlari hamda nepallik do‘stlarimizga hamdardlik bildiramiz. Tan jarohati olganlarning esa tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Eslatib o‘tamiz:

Nepal markazidagi Poxara viloyatida 68 yo‘lovchi bilan 4 nafar ekipaj a’zosini tashigan samolyotning Seti daryosi yaqinida qulashi oqibatida 68 kishi halok bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #hamdartlik , #Nepal , #Poxara , #Seti daryosi

Aloqador xabarlar