Prezident Erdo‘g‘an bilan as-Sudoniy mintaqaviy mavzularni ham muhokama qildi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Muhammad Shiya as-Sudoniy telefon orqali muloqot qildi.

1930832
Prezident Erdo‘g‘an bilan as-Sudoniy mintaqaviy mavzularni ham muhokama qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Iroq Bosh vaziri Muhammad Shiya as-Sudoniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Türkiye Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Türkiye – Iroq munosabatlari va mintaqaviy mavzular muhokama qilindi.

Prezident Erdo‘g‘an, uchrashuvda, kelasi davrda o‘zaro va mintaqaviy hamkorlik har sohada yanada kuchayishiga ishonchi komil ekanini bildirdi.

Iroqning tinchligi, barqarorligi va hududiy yaxlitligiga Türkiyeniki kabi ahamiyat berganliklarini ifoda etgan Prezident Erdo‘g‘an, Iroq tuprog‘idagi PKK terror tashkilotini yo‘q qilish, Türkiyening ham milliy xavfsizlik manfaatlari ekanini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar