Türkiye BMTXKning Jilvego‘zu chegara darvozasi haqidagi qarorini qo‘llab – quvvatladi

BMT Xavfsizlik kengashining 15 a’zosi, 10 - iyulga qadar Türkiye orqali taxminan 4 million kishiga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat beruvchi qarorni bir ovozdan qabul qildi.

1930427
Türkiye BMTXKning Jilvego‘zu chegara darvozasi haqidagi qarorini qo‘llab – quvvatladi

Türkiye, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi tomonidan Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga gumanitar yordam yetkazib berish maqsadida Türkiyedagi Jilvego‘zu chegara darvozasidan foydalanishga ruxsat beruvchi qarorni yana 6 oyga uzaytirishini qo‘llab – quvvatlashini bildirdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, BMT mexanizmining mintaqadagi yordamga muhtoj 4,1 million kishiga shoshilinch gumanitar yordam yetkazib berish jihatidan muhim rol o‘ynashi bildirildi.

Bayonotda,

“Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga BMT transchegaraviy yordam mexanizmining 6 oyga uzaytirilishini chin ko‘ngildan qo‘llab - quvvatlaymiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Suriya shimoli-g‘arbiy qismidagi gumanitar inqirozning qay darajada ekani va mintaqaviy barqarorlik, BMT mexanizmining yana – da uzoq davom etishi kerakligi qayd etilgan bayonotda, “Türkiye shu maqsadda bugungacha bo‘lganidek bundan keyin ham xalqaro hamjamiyat bilan hamkorligini davom ettiradi”. – deyildi.



Aloqador xabarlar