Türkiye Somalidagi hujumni keskin qoraladi

Kecha, Somalida bir vaqtning o‘zida ikkita bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatilgandi.

1928234
Türkiye Somalidagi hujumni keskin qoraladi

Türkiye, Somalining Hiran mintaqasidagi Mahas shahar markazida sodir etilgan terror hujumini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, hujumda ko‘pchilikning halok bo‘lgani va tan jarohati olganidan xavotirda ekani qayd etildi.

Türkiyening terrorga qarshi kurashida Somalining yonida bo‘lishni davom etishi ta’kidlangan bayonotda:

“Ushbu dahshatli terror hujumini keskin qoralaymiz va halok boʻlganlarga Olloxdan rahmat, ularning yaqinlari, doʻstlari va birodar Somali xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz. Tan jarohati olganlarga esa shifo tilaymiz”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda, tan jarohati olganlarning bir qismining Mogadishudagi “Rejep Tayyip Erdo‘g‘an” nomidagi kasalxonada davolanayotgani haqidagi ma’lumotga ham o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar