Erdo'g'an Turkiyaning so'nggi 20 yilda erishgan yutuqlari haqida gapirdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an, endilikda siyosat, iqtisodiyot, diplomatik va harbiy strategiyalarda o'zi qaror qabul qiladigan, o'z infratuzilmasini yaratuvchi va maqsadlarini o'zi belgilovchi Turkiya davlati mavjudligini aytdi.

1915517
Erdo'g'an Turkiyaning so'nggi 20 yilda erishgan yutuqlari haqida gapirdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an, endilikda siyosat, iqtisodiyot, diplomatik va harbiy strategiyalarda o'zi qaror qabul qiladigan, o'z infratuzilmasini yaratuvchi va maqsadlarini o'zi belgilovchi Turkiya davlati borligini aytdi.

Erdo'g’an bu haqda poytaxt Anqarada Turkiya ish beruvchilar kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (TİSK) umumiy kengashida so'zlagan nutqida ma'lum qildi.

Prezident shuningdek, so'nggi 20 yil ichida erishgan demokratiya va taraqqiyot yutuqlari hayotning barcha sohalarida bo'lgani kabi iqtisodiyotda ham tarixiy o'zgarishlarga olib kelganini ta'kidladi.

“Milliy daromadning xarid pariteti boʻyicha biz 11-oʻringa koʻtarildik. Ammo biz buni yetarli deb hisoblamaymiz. Umid qilamizki, biz amalga oshirgan iqtisodiy dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirib, global inqirozlarni imkoniyatga aylantirib, birgalikda yanada kuchaygan holda mamlakatimizni dunyoning eng kuchli 10 iqtisodiyotidan biriga aylantiramiz”,- deydi Turkiya prezidenti.

Hozir siyosat, iqtisod, diplomatik va harbiy strategiyalarda oʻzi qaror qabul qiladigan, oʻz infratuzilmasini yaratuvchi va oʻz maqsadlarini belgilovchi Turkiya mavjudligini taʼkidlagan Erdo'gʻan:

“Bugun biz mamlakat sifatida Bolqonlardan to Afrikagacha, Markaziy Osiyodan to Janubiy Osiyogacha boʻlgan keng hududda taʼsirga ega boʻlgan suhbatdoshlarimiz bilan haqiqiy munosabatlar oʻrnata oladigan holatga keldik”,-deydi Erdo'g'an.

Prezident Turkiya atrofida siyosiy va gumanitar inqirozlar avj olgan bir paytda, oʻz kelajagiga ishonch va barqarorlik bilan nigoh tashlaganini  taʼkidladi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar