Chavusho’g’li:"Turkiya global diplomatiyaning eng ishonchli aktyorlaridan biridir"

Chavusho’g’li bu haqda poytaxt Ankarada "Xoji Bayram Veli" universitetida o’tkazilgan “Turkiyaning tadbirkorlik va insonparvar tashqi siyosati” mavzusidagi anjumanning ochilishida so’zlagan nutqida ma'lum qildi.

1915172
Chavusho’g’li:"Turkiya global diplomatiyaning eng ishonchli aktyorlaridan biridir"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Turkiya Afrikadan to Osiyogacha, Yaqin Sharqdan to Bolqonlargacha bo'lgan bepoyon mintaqada umid baxsh etgan davlatlardan biri ekanligini, global diplomatiyaning eng ishonchli aktyorlaridan biriga aylanganini aytdi.

Chavusho’g’li bu haqda poytaxt Ankarada "Xoji Bayram Veli" universitetida o’tkazilgan “Turkiyaning tadbirkorlik va insonparvar tashqi siyosati” mavzusidagi anjumanning ochilishida so’zlagan nutqida ma'lum qildi.

Bugungi kunda dunyoda jiddiy muammolar, inqirozlar va urushlar borligini tilga olgan Chavusho’g’li, urush va to’qnashuvlarning 60 foizi Turkiyaning yaqin geografiyasida ekanligiga e’tibor qaratdi.

U shuningdek, dunyoda nafaqat g’oyalar va iqtisodiy faoliyatlar, balki tahdidlar ham global bo’lib qolganini, to’qnashuvlar, energiya va oziq-ovqat inqirozi, terrorizm, iqlim o’zgarishi, chet el dushmanligi, islomofobiya va tartibsiz migratsiya kabi muammolarga duch kelayotganini ta’kidladi.

Chavusho’g’li xalqaro raqobatning kuchayishi, insoniyatni xavf ostiga qo’ygan muammolarga ham umumiy yechim topishni qiyinlashtirganiga, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Kengashi kabi xalqaro tashkilotlarning global muammolarni hal etishda yetarli emasligiga diqqat qaratdi.

"Bunday qiyin paytlarda tashabbus ko'rsatish, yo'l-yo'riq ko'rsatish, yetakchilik qilish uchun tadbirkor kuchlar kerak. Bugun faxr bilan aytmoqchimanki, Turkiya bu kuchlarning boshida turibdi", dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.

“Turkiya Afrikadan to Osiyogacha, Yaqin Sharqdan to Bolqonlargacha boʻlgan keng geografiyada umid baxsh etgan davlatlardan biridir. Global muammolarning qaysi biriga qaramang, bularning barchasida Turkiya yechimning bir bo'lagi ekanligini ko’rasiz”,-deydi Mavlud Chavusho’g’li.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Mavlud Chovusho'g'li

Aloqador xabarlar