Erdo‘g‘an xalqaro matbuotning terror harakatlariga bo‘lgan ikkiyuzlamachiligini tanqid qildi

Prezident Erdo‘g‘an, Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan Istanbulda uyushtirilgan 2-Xalqaro Strategik aloqa sammitiga videomurojaat yubordi.

1913942
Erdo‘g‘an xalqaro matbuotning terror harakatlariga bo‘lgan ikkiyuzlamachiligini tanqid qildi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an xalqaro matbuotni, terror harakatlariga bo‘lgan ikkiyuzlamachiligini tanqid qildi.

Prezident Erdo‘g‘an, Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan Istanbulda uyushtirilgan 2-Xalqaro Strategik aloqa sammitiga videomurojaat yubordi.

Unda, raqamlashish bilan bir qatorda aloqa vositalari va xabar manbalarida katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Albatta, har bir yangilik kabi aloqa sohasidagi bu o‘zgarish ham imkoniyatning yonida turli xavf-xatarlarni ham o‘zi bilan birga olib keladi”. - dedi.

Davlatlar o‘rtasidagi taranglik va raqobatda raqamli kanallardan ko‘proq, buyuk psixologik harakat unsuri sifatida foydalanilayotganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Turkiya ham strategik o‘rni ham da oʻziga xos siyosiy, mintaqaviy va global muammolardagi prinsipial pozitsiyasi tufayli dunyoda maqsadli soxta xabarlarga eng koʻp duchor boʻlgan davlatlardan biridir”.-  dedi.

“13-noyabr kuni Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir bo‘lgan teraktdan keyin biz guvoh bo‘lgan ba’zi xalqaro matbuot tashkilotlarining xabar tili, huddi jinoyatchilarni qo‘llab-quvvatlayotgandek edi”. – degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an:

“Betaraf ma’lumot tarqatish o‘rniga Turkiya bilan hisob-kitob qilishni ko‘zlagan bunday yondashuvlardan voz kechilishi kerakligini har fursadda va har qanday platformada ifoda etyapmiz”, - deya gapirdi.

Prezident Erdo‘g‘an so‘zlari yakunida, 2-Xalqaro Strategik aloqa sammitining o‘zaro fikr va tajriba almashiluvchi platforma sifatida kommunikatsiya ekotizimiga yangilik olib kelishini tiladi.



Aloqador xabarlar