Türkiyedan Pokistonga 28 vagon insonparvarlik yordami yuborildi

Türkiyedan, sel falokati sodir boʻlgan Pokistonga, 28 vagon insonparvarlik yordami yuborildi.

1884413
Türkiyedan Pokistonga 28 vagon insonparvarlik yordami yuborildi

Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi koordinatsiyasida nodavlat tashkilotlar koʻmagida tayyorlangan insonparvarlik yordam ashyolari, sel falokati sodir boʻlgan Pokistonga yetkazib berish maqsadida “Yaxshilik poyezdi” orqali Türkiyening Koʻjaeli viloyatidan kecha, 25-sentabr kuni yoʻlga chiqdi.

Shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, tayyorlangan 697 ming kilogramlik insoniy yordam ashyosini 28 vagonlik “Yaxshilik poyezdi”ga yuklash ishlari, Koʻsekoʻy logistika markazi tomonidan tamomlandi.

Shahar hokimi oʻrinbosari Abdul Rauf Ulusoyning qayd etishicha, doʻst va qardosh oʻlka Pokistonda sodir boʻlgan sel falokati tufayli Türkiye boshlatgan, “Yaxshilik poyezdi” safarlari Koʻjaelida davom ettirilmoqda.

Marmara mintaqasidagi viloyatlarning markazi Koʻjaeli ekanini ifoda etgan Ulusoy, “Jami 55 ming quti rejalashtirilgan edi lekin biz 62 ming quti tayyorladik. Umid qilamizki kelasi hafta 72 ming quti tayyorlaymiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Türkiyening navbatdagi oʻn ikkinchi “Yaxshilik poyezdi” duolar bilan kuzatildi.  



Aloqador xabarlar