Aliyev bilan Raisiy Qiz qal’asi va Xudofarin toʻgʻonlarini ochib berdi

Aliyev bilan Raisiy, Ozarbayjon - Eron chegarasida uchrashdi.

2141360
Aliyev bilan Raisiy Qiz qal’asi va Xudofarin toʻgʻonlarini ochib berdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, ikki davlat chegarasida joylashgan Qiz qal’asi va Xudofarin toʻgʻonlarini ochib berdi.

Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, Aliyev bilan Raisiy ikki davlat chegarasida uchrashdi.

Raisiy, unda, Aliyev bilan takror uchrashganidan xursand ekanini bildirdi.

Prezident Raisiy, bugun ikkita muhim loyihaning ochilish marosimini oʻtkazajaklarini ifoda etib: “Bu loyihalar Eron bilan Ozarbayjonning muhim loyihalarini amalga oshira olishining koʻrsatkichidir”, - deya gapirdi.

Aliyev ham bugungi uchrashuv va marosimning Eron - Ozarbayjon munosabatlari tarixida judayam chiroyli va porloq sahifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Aliyevning aytishicha, ochilish marosimi uyushtiriluvchi loyihaning texnik jihatdan muhim ekani va shu bilan birga ikki xalqni, ikki davlatni yana – da yaqinlashtirishini bildirdi.

Aliyev bilan Raisiy, uchrashuv ortidan Aras daryosida ikki davlat tomonidan birgalikda qurilgan Qiz qal’asi va Xudofarin toʻgʻonlarini ochib berdi.

 

 



Aloqador xabarlar