O'zbekiston delegatsiyasi Turk standartlari instituti faoliyati bilan tanishdi

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi va Turkiya halol akkreditatsiya agentligi o‘rtasida halol akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohasida texnikaviy havtorlikni kengaytirish bo‘yicha havtorlik dasturi imzolandi.

2140103
O'zbekiston delegatsiyasi Turk standartlari instituti faoliyati bilan tanishdi

 

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining ishchi guruhi Turkiya bo‘lib qaytdi.

Joriy yilning 8-12 may kunlari O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi ishchi guruh Turkiya Respublikasida bo‘lib, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohalari faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab Turk standartlari instituti (TSE) prezidenti Maxmut Shaxin Sami bilan uchrashuvda 2023 yilning 25-26 dekabr kunlari Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy havtorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining yettinchi yig‘ilishi hamda Biznes-forumidagi erishilgan kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi. Mahalliy tadbirkorlarga xalqaro standartlarni yetkazish va ishlab chiqarishga keng joriy etish, hamda sertifikatlarni rasmiylashtirish orqali eksportga ko‘maklashish, muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olish masalalari muhokama qilindi.

So‘ngra Gebze erkin iqtisodiy zonasidagi sifat sinov laboratoriyalar kampusidagi o‘quv markazi va bir qator yo‘nalishlardagi sinov laboratoriyalari hamda Turk standartlari instituti tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan 4 ta axborot tizimlari (Belgenet, TS360, iKBS NET, Diger), shuningdek, inspektorlar uchun ishlab chiqilgan 4 ta mobil ilovalar funksional imkoniyatlari bilan ham tanishib chiqildi. Navbatdagi uchrashuv Akkreditatsiya sohasidagi havtorlikning ustuvor yo‘nalishlarini  belgilash bo‘yicha Turkiya halol akkreditatsiya agentligi (HAK) rahbari Zafar Soylu bilan bo‘ldi.

SMIIC  standartlari asosida sertifikatlashtirish va davlat nazorati faoliyatini shakllantirishda Turkiya amaliyotini o‘rganish, mutaxassislar  malakasini oshirish, Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti (SMIIC) doirasida faol havtorlik olib borish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Akkreditatsiya markazi va Turkiya halol akkreditatsiya agentligi o‘rtasida halol akkreditatsiya va muvofiqlikni baholash sohasida texnikaviy havtorlikni kengaytirish bo‘yicha havtorlik dasturi imzolandi.  

Agentlik direktori Akmal Jumanazarovning navbatdagi uchrashuvi Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli o‘g‘li bilan bo‘lib o‘tdi.  Unda Joriy yilning iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Biznes-forumi tayyorgarlik ishlari muxokama qilindi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi so‘nggi 5 yilda 1,5 barobarga oshgani, Turkiya sarmoyasi ishtirokida 1800 ga yaqin korxonalar O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganligi, O‘zbekiston va Turkiya rahbarlarining ikki mamlakat o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd. dollarga yetkazish vazifasi qo‘ygani alohida qayd etildi.

Zorlu Textile kompaniyasi bilan Toshkent shahrida,  Gaziantep ishlab chiqaruvchilari bilan Jizzax viloyatida poyabzal ishlab chiqarishni, Keyseri Mebel bilan Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumanida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishildi. 

Rifat Hisorjiqli o‘g‘li Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari - Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi a’zolari ustuvor loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklari hamda bu masalalarni O‘zbekistonlik sheriklar bilan Turkiyada bo‘lib o‘tadigan Biznes-forumida muhokama qilishni rejalashtirganini ta’kidladi.  

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Biznes forumda farmatsevtika, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, elektrotexnika va shisha mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni faol ishtirokini ta’minlashga kelishib olindi.  

Shundan so‘ng A.Jumanazarov Turkiya savdo vaziri o‘rinbosari Sezay Ucharmak  bilan uchrashdi. Sezay Ucharmak  O‘zbekistonda III Xalqaro investitsiya forumi yuqori saviyada o‘tkazilganligini e’tirof etib, Turkiya va O‘zbekiston strategik havtorlikka ega ekanligi va birgalikdagi havtorlikni  sezilarli darajada mustahkamlash mumkinligini bildirdi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, qo‘shimcha savdo imtiyozlarini mahsulotlar kesimida ko‘rib chiqib, aniq takliflar ishlab chiqiladigan bo‘ldi.

Safar davomidagi navbatdagi uchrashuv Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi Mahsulot xavfsizligi va nazorat bosh boshqarmasi boshlig‘i Xaqqi Karabo‘rklyu bilan bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Hukumatlararo komissiyasining 7-yig‘ilishi doirasidagi topshiriqlarning ijrosi, mahsulotlar importida davlat nazorati, muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olish, davlat nazorati mutaxassislarini bilim va malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.  

Turk tomoni Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Bojxona Ittifoqi to‘g‘risidagi bitim majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, uchinchi davlatlar bilan barcha mahsulotlarga nisbatan muvofiqlik sertifikatlari va sinov bayonnomalarini o‘zaro tan olish imkoniyati mavjud emasligini bildirib, Yevropa Ittifoqi “CYe” belgisi (markirovka) talab etilmaydigan mahsulotlarga nisbatan sinov bayonnomalarini o‘zaro tan olish orqali sertifikatlash mexanizmini joriy etish imkoniyati borligini bildirdi.

To‘qimachilik va charm-poyabzal mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan standartlarni uyg‘unlashtirish va muvofiqlikni baholash natijalarini o‘zaro tan olish bo‘yicha ishlarni boshlash taklif etildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat nazorat inspeksiyasi va Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi Mahsulot xavfsizligi va nazorat bosh boshqarmasi o‘rtasida havtorlik  bayonnomasi loyihasi ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rish, xavflarni  tahlil qilishga asoslangan import va eksport jarayonlarini boshqarish “Risk-Based Trade Control System (TAREKS) tizimini chuqur o‘rganish, tajriba oshirish hamda ushbu tizim imkoniyatlarini respublikada joriy qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, Turkiya Havtorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) hamkorligida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, davlat nazorati yo‘nalishida kadrlar tayyorlashni qayta ko‘rib chiqish va sifat jihatidan oshirish, davlat nazoratini amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etish, shuningdek 2024 yil davomida 20 dan ortiq davlat nazorati mutaxassislarni malakasini oshirish, Mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni Turkiya bozorlariga eksport qilishda import talablarini va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi to‘siqlarni aniqlash, davlat nazorati, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalarida tajriba almashish, konsultatsiya va o‘quv kurslari o‘tkazish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Tadbirlar doirasida Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti  Metrologiya kengashi (SMIIC MC)ning 14-yig‘ilishida ham ishtirok etildi.

Yig‘ilish davomida metrologik laboratoriyalarni ilmiy salohiyatini kengaytirish va sohada yuzaga kelayotgan muammolar muhokamalar olib borish, xodimlar malakasini oshirish hamda Islom mamlakatlari yetakchi metrologiya markazi  loyihasi ish dasturiga muvofiq ochiq muloqotda ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi.  

O‘lchash va kalibrlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, O‘zbekiston milliy metrologiya institutida so‘nggi bir yillik ichidagi faoliyati yuzasidan ishtirokchilarga taqdimot qilindi.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekistonda Ikkilamchi etalonlar dozimetriya laboratoriyasini tashkil etish”, Ionlovchi nurlanishlar va Elektr va magnetizm sohasida GULFMET doirasida tashkil etilgan 4 ta qo‘shimcha solishtirishlar yuzasidan GULFMET vakili bilan muloqot o‘tkazilib, SMIIC tomonidan tashkil etilayotgan massa va bosim yo‘nalishlarida 2 ta qo‘shimcha solishtirishlarni amalga oshirish yuzasidan SMIIC hisoboti tinglandi.

Dastur rejasiga ko‘ra, Turkiya milliy metrologiya instituti  (TUBITAK UME) direktori  doktor Mustafa Chetintash va bir qator laboratoriya mas’ullari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Unda Gebze shahridagi TUBITAK UMEning metrologik laboratoriyalari faoliyati bilan to‘liq tanishildi.  

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti  va Turkiya milliy metrologiya instituti (TUBITAK UME) o‘rtasida milliy etalonlar va O‘zbekiston milliy metrologiya institutining yuqori aniqlikdagi o‘lchash natijalarini metrologik kuzatiluvchanligini halqaro o‘lchashlar tizimi (SI) gacha ta’minlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Bundan tashqari 2024-yil davomida qo‘shimcha 6 ta o‘lchash turlari bo‘yicha hamqorlikdagi loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.

Ma’lumot uchun, hozirda TUBITAK UME va UzNIM o‘rtasidagi qo‘shimcha solishtirish bo‘yicha1 ta loyiha BIPM bazasida ro‘yxatga olingan.

Shuningdek, 2024-2025 yillar mobaynida tebranish, akustika, kuch, uzunlik, fotometriya yo‘nalishlarida jami 8 nafar metrolog mutaxassislarni TUBITAK UME laboratoriyalarida malaka va ko‘nikmalarni oshirishlarini tashkil etishga kelishildi. Uchrashuv yakunida metrologiya sohasida ikki mamlakatda innovatsion va ilmiy konstruktorlik loyihalarini amalga oshirish muhimligi va bu borada TUBITAK UME ning moddiy texnik va intellektual salohiyati yuqoriligi ta’kidlanib, O‘zbekiston sanoatining aniq o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan xolda havtorlikda yuqori aniqlikdagi o‘lchash uskunalarini va etalonlarni yaratish taklifi doktor Mustafa Chetintash tomonidan to‘liq qo‘llab quvvatlandi.  

Turkiya Havtorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) hamkorligida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va 2024 yil davomida 20 dan ortiq  mutaxassislarni o‘qitishga kelishildi.

Qisqa muddatlarda amalga oshirilgan uchrashuv va muzokaralar, ochiq va samimiy ruhdagi seminarlar natijasi o‘laroq Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy havtorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 6-yig‘ilishi doirasida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya  Respublikasi Hukumati o‘rtasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash, akkreditatsiya va metrologiya sohalarida havtorlik to‘g‘risida Bitim”ni kuchga kirishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlash, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasida havtorlik bo‘yicha Bitim loyihasi ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda kelishish va joriy yilning iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Biznes-forumi doirasida imzolash, Turkiya Havtorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TICA) hamkorligida  2024-2025 yillarda grant dasturlar orqali  qo‘shma malaka oshirish loyihalarini tashkillashtirish, ISO/TC 34/SC 3 “Meva va sabzavotlar va ulardan olingan mahsulotlar”  qo‘yi texnik qo‘mitasiga  O‘zbekistonning  yangi meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yilgan talablarini kiritish bo‘yicha takliflar kiritish, 2024-2025 yillarda “O‘zbek-Turk Test Markazi” tarkibida  Ekoteks laboratoriyasi tashkil etish choralarini ko‘rish, O‘zbekistonda milliy etalonlar bazasini rivojlantirish dasturiga asosan fizik-kimyoviy o‘lchashlar sohasida 3 ta etalonlarni xarid qilishda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzish masalasini ko‘rib chiqish, Nisbiy namlik va qattiqlik birligi etalonlarini yaratish yuzasidan texnik shartlarni ishlab chiqilishida TUBITAK UMEning ilmiy xodimlarini texnik ekspert sifatida jalb qilish, O‘zbekiston ilmiy salohiyati va sanoati imkoniyatlaridan kelib chiqib etalonlar va yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalarini havtorlikda yaratish va bunda innovatsion rivojlanish agentligining ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan foydalanish, Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat nazorati inspeksiyasi va Turkiya Respublikasi Savdo vazirligi Mahsulot xavfsizligi va nazorat bosh boshqarmasi o‘rtasida havtorlik  bayonnomasi loyihasi ishlab chiqish va imzolash choralarini ko‘rishga kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #TSE , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar