Jevdet Yilmaz Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz bugun O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirdi.

2134258
Jevdet Yilmaz Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz, Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif uyushtirar ekan, poytaxtda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Unda, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi joriy hamkorlik va yangi sarmoyaviy imkoniyatlar muhokama qilindi.

Mavzu haqida ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali ma’lumot bo‘lishgan Yilmaz:

“Janob Mirziyoyev bilan uchrashuvimiz chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud hamkorlik va yangi sarmoyaviy imkoniyatlarni baholadik. Hurmatli Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohot va rivojlanish jarayonini yaqindan kuzatib, yuqori baholamoqdamiz. Shu doirada o‘tkaziluvchi Toshkent investitsiya forumini, O‘zbekistonning salohiyatini ko‘rsatishi jihatidan qo‘llab – quvvatlaymiz. 2024 – yilning 6 – iyuli kuni yurtimizda bo‘lib o‘tadigan Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi doirasida Shavkat Mirziyoyevni yurtimizda mehmon qilishdan xursand bo‘lamiz. O‘zbekiston bilan umumiy tarixiy - madaniy aloqalarimiz doirasida mavjud do‘stlik va birodarligimizni tilda, ishda, fikrda birlik shiori bilan mustahkamlashni davom etamiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda esa, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgani ifoda etildi.

Bayonotdaenergetika, konchilik, oziq - ovqat, to‘qimachilik va boshqa ustuvor tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilgani ta’kidlandi.

Vitse – prezident Jevdet Yilmaz, Toshkentda, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narboeva bilan ham uchrashdi.

Yilmaz mazkur uchrashuv haqida bergan bayonotida:

“Uchrashuvimiz davomida o‘zaro, mintaqaviy va xalqaro masalalardan tashqari parlamentlararo aloqalar, siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalarni muhokama qilish imkoniga ega bo‘ldik. Turk dunyosini har sohada rivojlantirish borasidagi maqsadimiz uchun faoliyatlarimizni qarorlilik bilan davom etamiz”, -  dedi.

Yilmaz ushbu uchrashuvlardan oldin Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov bilan uchrashgan edi.

Vitse - prezident Yilmaz, bu uchrashuv bilan bog‘liq bergan bayonotida:

“Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarimizdan tashqari qishloq xo‘jaligi, qurilish, energetika, suv xoʻjaligi, transport, bank - moliya kabi sohalardagi oʻzaro investitsiyalarimizni baholadik. O‘zbekiston bilan g‘alaba qozonish tamoyiliga asoslangan va muvozanatli davom etayotgan o‘zaro savdo aylanmamiz 2023 - yili oxiriga kelib 3,1 milliard dollardan oshdi.

Hurmatli prezidentlarimiz tomonidan belgilab berilgan 5 milliard dollarlik tovar ayirboshlash ko‘rsatkichiga tez orada toʻliq erishamiz degan umiddaman. Biz ota yurtimiz O‘zbekistonning Turkiy Davlatlar Tashkilotidagi o‘rniga alohida e’tibor beramiz. Shuningdek, amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekistonning muhim o‘zgarishlarni boshdan kechirayotganini mamnuniyat bilan kuzatmoqdamiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi chuqur va terang rishtalarga asoslangan hamkorlik bizga bundan ham ko‘proq kuch baxsh etishiga ishonamiz. Hurmatli Qoʻchqorov va uning hay’atiga mehmondoʻstligi uchun minnatdorchilik bildiraman. Hamkorligimiz bundan buyon ham davom etishini tilabqolaman”. – degan ifodalarga o‘rin bergan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar