Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘an bilan muloqot qildi
Erdo‘g‘an Mirziyoyevga Turkiyada demokratik yetuklik bilan o‘tkazilgan mahalliy saylovlar bilan tabriklagani uchun minnatdorlik bildirgan.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 31 mart kuni Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyati aloqa bo‘limining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilindi.
“Suhbat chog‘ida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, global va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an Mirziyoyevga Turkiyada demokratik yetuklik bilan o‘tkazilgan mahalliy saylovlar bilan tabriklagani uchun minnatdorlik bildirgan.
Turkiya Prezidenti ma’muriyati aloqa bo‘limining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Erdo‘g‘an Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy, Niderlandiya Bosh vaziri Mark Ryutte, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham telefon orqali muloqot qilgani ma’lum qilingan.
Eslatma: Kecha, 31 mart kuni Turkiyada munitsipal saylovlar bo'lib o'tgandi. Ovoz berish natijalarini e’lon qilish vakolatiga ega bo‘lgan TRT davlat telekanalining so‘nggi ma’lumotlari Erdo‘g‘anning hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi so‘nggi 20 yil ichida ilk bor mahalliy saylovlarda asosiy muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasiga mag‘lub bo‘lganini ko'rsatmoqda.
Aloqador xabarlar
Moskvada O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari qo‘lga olindi
Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin Moskvada uchrashuv o‘tkazdi.
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Cashm Barlas Toshkent viloyatida korxona tashkil etish uchun yer sotib olishni rejalashtirmoqda.