Bugun Islom Karimov xotirasi yodga olindi
Bugun, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi yodga olindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.
Unda, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz». – deyildi.
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan uning xotirasi abadiylashtirilib, maqbarasi barpo etilganiga e’tibor qaratilgan xabarda, Islom Karimov tavallud topgan 30 - yanvar kunini nishonlash an’anaga aylangani qayd etildi.
Unda shuningdek:
«Fidoyilarini e’zozlagan xalq hamisha hurmatga sazovor. Xotira tadbiri buning yana bir ifodasi bo‘ldi. Qur’on oyatlari o‘qilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning O‘zbekiston manfaati yo‘lida qilgan ishlari, insoniy fazilatlari yodga olindi». – degan ifodalarga o‘rin berildi.
Qayd etilishicha Islom Karimov nomidagi ilmiy - ma’rifiy yodgorlik majmuasida o‘tgan marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ilm - fan va madaniyat namoyandalari, shahar jamoatchiligi ishtirok etgan.
Birinchi Prezidentning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgan.
Aloqador xabarlar
Moskvada O‘zbekiston – Rossiya munosabatlari qo‘lga olindi
Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin Moskvada uchrashuv o‘tkazdi.
Turk kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarmoqchi
Cashm Barlas Toshkent viloyatida korxona tashkil etish uchun yer sotib olishni rejalashtirmoqda.