Turkiya bilan Ozarbayjon haqiqat uchun kurashishni davom ettiradi
Faxrettin Altun Ozarbayjon vitse - prezidenti Hikmet Hajiyev bilan uchrashdi.
Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, Ozarbayjon vitse – prezidenti Hikmet Hajiyev bilan uchrashdi.
Faxrettin Altun ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali mavzu haqidagi postida, Hajiyev bilan samarali uchrashuv o‘tkazganini qayd etdi.
Mazkur postda fotosuratlarga ham oʻrin berilar ekan quyidagi ifodalarni ham ilova etdi:
“Doʻst va qardosh Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlikni mintaqaviy va global miqyosda ham aloqa, media va xalq diplomatiyasi sohalarida ham da dezinformatsiyaga qarshi kurashda mustahkamlashga alohida e’tibor beramiz. Bundan keyingi jarayonda ham ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya sohasidagi hamkorligimiz ortadi. Xalqaro maydonda esa ikki do‘st va qardosh davlat sifatida haqiqat uchun kurashishni davom ettiramiz”.